Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi
“WE-Finance Code” — ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi.
Markaziy bankda Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks – “WE-Finance Code” xalqaro tashabbusining O‘zbekistonda joriy etilishining bir yillik natijalariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Unda milliy va xalqaro ekspertlar, bank va moliyaviy tashkilotlar, davlat idoralari, shuningdek, xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida O‘zbekistonda tashabbusni joriy etish jarayonida erishilgan natijalar, ayollar rahbarligi bo‘yicha gender statistikani aks ettiruvchi yangi ma’lumotlar platformasi (dashboard) taqdim etildi.
“WE-Finance Code” tashabbusining yillik natijalari nafaqat ayollar tadbirkorligi uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi, balki mamlakat iqtisodiyotida inklyuzivlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ham zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun: 2024-yilda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan imzolangan oʻzaro anglashuv Memorandumiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda “WE-Finance Code” tashabbusini joriy etish bo‘yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi etib belgilangan. Ushbu tashabbus bugungi kunda dunyoning 30 dan ortiq davlatida amalga oshirilmoqda.
Manba: cbu.uz
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.