Ayollar tadbirkorligi rivoji yo‘lida
Surxondaryo viloyatining Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan turkum seminarlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 noyabrdagi “Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar ijrosi xususida atroflicha fikr almashildi.
Bankning hududiy tuzilmalari xodimlariga xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirishga oid faoliyatni samarali tashkil etish va tasdiqlangan reja-grafik talablariga mos ravishda bajarilishini to‘liq nazorat qilish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
"Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.