Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti

05.03.2025
2 min

Joriy yilning 4-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “mobil operatorlar orqali SMS joʻnatish xizmati”ni xarid qilish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov gʻoliblarini aniqlashda savdo talablari buzilganligi haqida xabar eʼlon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra tovar va xizmatlarni xarid qilish jarayonlari bir nechta bosqichlardan iborat boʻlib, shulardan biri “Kontragentlarni lozim darajada oʻrganish” jarayoni hisoblanadi. Bunda tanlov ishtirokchilari manfaatlar toʻqnashuvi, afillanganlik, firibgarlik va boshqa bir qancha mezonlar boʻyicha ishchi guruh tomonidan oʻrganiladi. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan etender.uzex.uz maxsus axborot platformasida “mobil operatorlar orqali SMS joʻnatish xizmati”ni xarid qilish boʻyicha joylashtirilgan lot natijalari, xaridlarni amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladigan  "kontragentlarni lozim darajada oʻrganish” xulosasiga asosan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida bekor qilingan.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.