Axborot xizmati bayonoti
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ofislari joylashgan shaharlarda tashqi reklama konstruksiyalarida reklama joylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovning asosiy va zahira gʻoliblari oʻrtasida ulushdorlik hamda ishbilarmonlik aloqalari orqali bogʻliqlik ehtimoli mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
“INDEX AGENCY” MCHJ mazkur lotda ishtirok etmaganligi sababli, dastlabki oʻrganishda kontragentlarni oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan affillanganlik holati mavjud emas, deb topilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan Ishchi guruh tomonidan qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazilmoqda. Oʻrganish natijalariga koʻra qaror qabul qilinishini maʼlum qilamiz.
Barcha yangiliklar
Biznesni rivojlantirish banki “Doʻstlar klubi”da yil sarhisobi qilindi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.