Bank axborot xizmati bayonoti
Shu yilning 19-sentabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Jamoat nazorati" kanalida "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Margʼilon bank xizmatlari ofisidan kredit olgan fuqaro murojaati e’lon qilindi. Unda mijoz kredit orqali plastik kartaga kelib tushgan mablag‘ bexosdan yo‘qolib qolganini iddao qiladi va bunga bank xodimlarini aybdor qilib ko‘rsatgan.
Mazkur holat tezkor nazoratga olindi va o‘rganishlar natijasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Joriy yilning 11-sentabr kuni fuqaro Teshaboyeva Nigoraxon Nosirovna Marg‘ilon BXMga “BRB Biznes woman” kredit mahsulotidan foydalanish istagida murojaat qilib, 11 000 000 (O‘n bir million) so‘m kredit olish bo‘yicha ariza bergan va o‘z nomiga plastik karta ochish uchun barcha hujjatlarni shaxsan o‘zi imzolagan. Hujjarlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Fuqaro parol qo‘yib, o‘zi telefon ishlatmasligi sababli, o‘g‘lining telefon raqamiga plastik kartasini ulatgan va qabul qilib olgan.
Ushbu fuqaroning arizasiga muvofiq, 2024-yil 16-sentabr kuni kredit shartnoma tuzilgan va 11 000 000 (O‘n bir million) so‘m kredit mablag‘lari uning plastik kartasiga o‘tkazib berilgan. Mijozga bank xodimi Qodirova Ximoyatxon Maxammatjonovna tomonidan xizmat ko‘rsatilgan.
17-sentabr kuni mijozning plastik kartasidan turli to‘lov operatorlari uchun va bankomatlardan parol terilgan holda 10 980 000 (o‘n million to‘qqiz yuz sakson ming) so‘m yechilgan.
Mazkur holat yuzasidan mijoz bilan suhbat o‘tkazildi va batafsil tushuntirish berildi.
Suhbat davomida mijoz bank xodimlariga umuman e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.
Ayni paytda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.