Andijonda yilning eng yaxshi yordamchi agentlari taqdirlandi
Andijon shahrida “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining tuman bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Ushbu tadbirni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Andijon viloyati boʻyicha masʼul bank sifatida Markaziy banki bilan hamkorlikda oʻtkazdi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda “Biznesni rivojlantirish banki” mahalla bankirlari va yordamchi agentlari koʻmagida koʻplab yurtdoshlarimiz biznesni boshlab, nafaqat oʻz oilasi, balki yon atrofidagilarning ham bandligini taʼminlamoqda.
Jumladan, bankka biriktirilgan 47 ta mahallada 13 nafar mahalla bankiri oʻz yordamchi agentlari bilan birga faoliyat olib bormoqda Ushbu mahallalarda shu kunga qadar 1606 ta loyiha uchun 37,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, 3,3 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi.
Umuman, Andijon viloyati boʻyicha joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida mahalla bankirlari va yordamchi agentlar orqali jami 30 mingta loyiha uchun tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 450,6 mlrd soʻmlik kredit ajratilgan. Natijada, 61,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilib, shuncha yurtdoshimizning doimiy bandligi taʼminlandi.
Tanlovning tuman bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimiga 64 nafar yordamchi agent taklif etildi. Unda gʻolib boʻlganlar qimmatbaho sovgʻalar va pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
Tuman bosqichi gʻoliblaridan 16 nafari esa viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. Endilikda ular Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish uchun bahslashadi.
Tadbirda Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha agentlar oʻz faolligi, jonkuyarligi va faoliyatiga nisbatan masʼuliyatini barcha bosqichlarda toʻla namoyon etgani va alohida namuna koʻrsatgani alohida eʼtirof etildi.
Bu kabi tadbirlar yordamchi-agentlarning aholiga moliyaviy xizmatlarni yetkazishdagi mehnatini qadrlash, ularni yanada faollikka ilhomlantirish hamda xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar

“Uzbek Import Fair 2025” — Yangi Imkoniyatlar Maydoni
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.