Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Andijonda tomorqa yer egalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

12.03.2025
3 min

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tomonidan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur qarorda “Asaka-agrostar” MCHJ sabzavot ekinlariga ixtisoslashishi belgilangan. Yaqinda kompaniya tomonidan qaror ijrosi doirasida Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida tomorqa yer egalari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida samaradorlik darajasini oshirish uchun ko‘chat yetishtirishda zamonaviy uslublardan foydalanish, bu jarayonda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi masʼullari Asaka tumanidagi tomorqa hamda uzoq muddatli ijaraga berilgan yer egalari bilan ham uchrashdi.

Ular bilan fikr almashish jarayonida issiqxonalardan yanada samarali foydalanish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar uchun sifatli ko‘chat yetishtirish masalalari muhokama qilindi.

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda aholining mahsulot yetishtirish salohiyatini oshirishga urg‘u berilmoqda. Samarali faoliyat olib borayotgan lider tadbirkorlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilyapti.

Asakalik tadbirkor Muhammadsoyif Jo‘rayev 21 sotix maydondagi issiqxonada eksportbop sabzavot ko‘chatlarini yetishtiradi. Ularni tomorqa egalariga tarqatib, yetishtirilgan hosilni yana o‘zi sotib olib, 400 tonnagacha mahsulotni eksportga yo‘naltiradi.

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi vakillari mazkur tadbirkor bilan uning tajribasini boshqa xonadonlarga ham tatbiq qilishga kelishib oldi. Kompaniya esa mutaxassislarni jalb qilgan holda dehqonning faoliyatini yanada takomillashtirishga ko‘mak beradi. 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.