Andijon BXO xodimlari milliy libos chellenjida
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, anʼanalarimizni asrab-avaylash hamda jamoa o‘rtasida maʼnaviy muhitni mustahkamlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Milliy libos – millat iftixori” chellenji izchil davom ettirilmoqda.
Tadbirning bugungi manzili — Bankning Andijon bank xizmatlari ofisi bo‘lib, xodimlar o‘zbek milliy liboslarida ish jarayonida faol ishtirok etdi. Mazkur tashabbus milliy kiyimlarimizning betakrorligi, nafisligi va tarixiy ahamiyatini namoyish etish, shuningdek, yoshlar orasida milliy o‘zlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bank rahbariyati taʼkidlashicha, ushbu chellenj nafaqat xodimlar orasida qadriyatlarimizni targ‘ib etadi, balki jamoada ijobiy kayfiyat va bir-biriga hurmat ruhini mustahkamlaydi. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bundan buyon ham milliy anʼanalarni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Barcha yangiliklar
Markaziy bank va XVJ missiyasi makroiqtisodiy masalalarni muhokama qildi
Ohangaronda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.