Andijon bank xizmatlari ofisi "Milliy libos" chellenjini davom ettirdi
Goʻzal milliy liboslarimiz – xalqimizning bebaho merosi, madaniyati va anʼanalarining yorqin namunasi!
Har bir naqsh, har bir detalda asrlar davomida sayqallangan maʼno va falsafa mujassam. Milliy liboslarimiz bizning kimligimizni, qadriyatlarimizni va oʻzligimizni aks ettiradi.
Bu gal milliy libos chelenjini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Andijon bank xizmatlari ofisi xodimlari davom ettirdi.
Andijon BXO xodimlari milliy liboslarda oʻzlarining goʻzalliklari va milliy merosga boʻlgan hurmatlarini namoyon etishdi. Ularning yorqin tabassumlari va milliy liboslari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB milliy qadriyatlarni qadrlash va targʻib qilishda davom etadi.
Barcha yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.