Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Aktivlardan foydalanish tartibiga kitirilgan oʻzgarishlar bo‘yicha sharh

26.12.2025
4 min

Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha yuzasidan sharh.

Markaziy bank boshqaruvining “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2025-yil 23-dekabrda 2696-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mazkur qarorga muvofiq qarzdorning murojaatiga koʻra bank tomonidan kredit shartnomasi muddati mobaynida toʻlovlar muddati birinchi marta quyidagi holatlar natijasida kechiktirilganda yoki uzaytirilganda (kredit taʼtili berilganda) kredit tasnifi oʻzgartirilmasligi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmasligi belgilanmoqda:

1) qarzdorning ikki oydan ortiq davr mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi;

2) qarzdorning mehnat shartnomasi bekor qilinishi va ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida roʻyxatga olinishi;

3) qarz oluvchining birgalikda qarz oluvchisi va (yoki) kafili boʻlgan turmush oʻrtogʻi vafot etishi;

4) I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar qarzdorning qaramogʻiga olinishi yoki uning qaramogʻidagi I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar sonining ortishi;

5) qarzdorga nisbatan I yoki II guruh nogironligi belgilanishi;

6) tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi;

7) ayollar homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqishi.

Bunda, vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilingan qarzdor kredit toʻlovlarini kechiktirish yoki muddatini uzaytirish uchun bankka murojaat qilganda, uning oxirgi ikki oydagi daromadi soʻnggi oʻn ikki oydagi oʻrtacha daromadiga nisbatan kamida 30 foizga kamaygan boʻlishi lozim.

Bundan tashqari, Nizomda kredit shartnomasi boʻyicha toʻlovlar qarz oluvchining homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqishi holatida 10 oygacha, boshqa yuqorida belgilangan holatlarda 6 oygacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi yoki uzaytirilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mazkur oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida yuqorida koʻrsatilgan shartlarda homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollar, shuningdek moliyaviy qiyinchiliklar va murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan qarzdorlarga berilgan kreditlar boʻyicha toʻlovlar kechiktirilganda yoki uzaytirilganda (kredit taʼtili berilganda) banklar tomonidan qoʻshimcha zaxiralar yaratilishi lozim boʻlmaydi.

Yuqoridagilardan tashqari, Nizomga boshqa tahririy oʻzgartirishlar kiritilgan.

Hujjat bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Manba

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.