Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Aksiyadorlarining yillik Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

05.06.2024
4 min

“BIZNЕSNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB AKSIYADORLARINING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDA

X A B A R N O M A

2024 yil 27 iyun kuni soat 15.00 dan boshlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlarining yillik Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2024 yil 27 iyun kuni soat 14.00 dan 15.00 gacha ro‘yxatga olinadi.

Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

 1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining 2023 yildagi faoliyati yakuni bo‘yicha hisoboti;

4. “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2023 yildagi faoliyati natijalari, shu jumladan, biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2024 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

5. Bankning 2023 yil 31 dekabr holatiga buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;

6. Bankning 2023 yil faoliyati yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash;

7. Bankning 2024 yil uchun bank faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish maqsadida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash;

8. Bankning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.

 

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2024 yil 21 iyun holatiga ko‘ra tuziladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining 2024 yil 5 iyundagi qaroriga asosan:

1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2024 yil 5 iyun.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2024 yil 21 iyun.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65

 

                                                                                                                  Bank Kuzatuv Kengashi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.