Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Agrosanoat sohasi vakillari bilan muhim uchrashuvlar oʻtkazildi

25.03.2025
3 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va "Uzagrostar xolding" kompaniyasi vakillari tomonidan Beruniy tumanida agrosanoat sohasida bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-fevraldagi PF-22-son farmoni va PQ-57-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirlarda hududda agrosanoat sohasini jadal rivojlantirish, fermerlar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi ustuvor masalalar yuzasidan soha mutaxassislari va aholi takliflari tinglandi. 

Uchrashuvlar davomida sohadagi muammolar, istiqbolli loyihalar va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Mahalliy fermerlarning fikrlari va takliflari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu saʼy-harakatlarning dastlabki natijasi sifatida "Beruniy – Agro star" MCHJ va Orolboʻyi innovatsiya markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida memorandum imzolashga kelishib olindi. Mazkur memorandum ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy izlanishlar va amaliyotni uygʻunlashtirish, innovatsion texnologiyalarni qishloq xoʻjaligiga joriy etishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, "Panamilk" korxonasida gidroponika usulida bugʻdoydan chorva ozuqa mahsulotlari yetishtirish tajribasi oʻrganildi. Ushbu usul chorva uchun yuqori samarali va ekologik toza ozuqa yetishtirish imkonini beradi. Mazkur tajribani boshqa hududlarda ham ommalashtirish, chorvachilikni rivojlantirish va ozuqa bazasini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

"Navoiy" OFYda chorva uchun beda yetishtirish jarayonlari oʻrganilib, oziqlantirish va sugʻorish ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar berildi. Aholining issiqxonalar tashkil etish va hosildorlikni oshirish boʻyicha takliflari eshitildi. Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish, fermerlarga zarur koʻmaklar koʻrsatish boʻyicha vazifalar belgilandi.

"Uzagrostar xolding" va "Biznesni rivojlantirish banki"ning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari Beruniy tumanida agrosanoatni rivojlantirish, fermerlar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu islohotlarning ijobiy natijalari, albatta, butun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va yurtimiz qishloq xoʻjaligi rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.