Agile guruhlari 3 oylik faoliyati natijalarini taqdim etdi!
"Biznesni rivojlantirish banki"da tashkil etilgan 11 ta Agile guruhi mijozlar uchun yangi moliyaviy yechimlar hamda mahsulotlardagi yutuqlarini namoyish etdi.
Tadbir yakunida 3 ta guruh nominatsiyalar bilan g‘olib deb topildi:
“Tezkorlik, qulaylik va samaradorlik”;
Kredit konveyer guruhi — Respublika miqyosida kredit konveyeri dasturi ishga tushirildi. Jarayonlar tezlashdi, qarorlar shaffof va samarali qabul qilinmoqda.
“Eng sodda va qulay tizim”;
CRM guruhi — Jismoniy shaxslar uchun anderraytingsiz avtomatik qaror qabul qilish tizimi yaratildi. Endi xizmat tezroq va samaraliroq.
“Ommabop va sifatli tizim”;
Omnikanal guruhi — BRB NEO platformasi joriy qilindi. Bu yangi avlod tizimi mijozlar uchun qulay interfeys va tezkor xizmatlarni, xodimlar uchun esa zamonaviy CRM hamda xavfsizlik vositani taqdim etdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.