Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

2024-yilgi faoliyat boʻyicha jamoatchilikka hisobot berildi

18.03.2025
5 min

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida davlat organlari va tashkilotlari 1-aprelga qadar oʻtgan yildagi oʻz faoliyatiga oid hisobotni jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini oʻtkazishi belgilangan.

Shunga muvofiq, “Biznesni rivojlantirish banki” 2024-yildagi faoliyati yuzasidan jamoatchilikka hisobot berdi.  Bank tomonidan norasmiy muloqot platformasi sifatida tashkil qilingan “BRB doʻstlari” klubi doirasida oʻtkazilgan tadbirda bank erishgan asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar, biznes rivoji uchun yoʻnaltirilgan sarmoyalar, xalqaro hamkorlik natijalari va tatbiq qilingan loyihalar haqida axborot berildi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 1-yanvar holatiga bankning umumiy kapitali yil boshiga nisbatan 35,1 foizga oʻsib 4 trln. 295 mlrd. 500 mln. soʻmga yetdi. Shuningdek, bankning daromad keltiruvchi aktivlari yil boshiga nisbatan 12,8 foizga oʻsdi.

Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, “Biznesni rivojlantirish banki” aholining turmush farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan aniq manzilli iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlib kelmoqda. Bankning  kredit qoʻyilmalari  22 trln. 530 mlrd. 800 mln. soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 730 mlrd. 200  mln. soʻmga yoki 3,3 foizga oʻsishiga erishilgan.

Bank 2024-yilda barcha manbalar hisobidan 7 trln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratdi.

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki sifatida kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, yangi ish oʻrinlari va aholi uchun qoʻshimcha daromad manbalarini yaratishga sarmoyalar kiritmoqda. Xususan, Dastur doirasida 17 676 ta tadbirkorga 1,7 trln. soʻm kredit yoʻnaltirilgan.

“Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika boʻyicha biriktirilgan 648 ta mahallalarda oʻtgan yilda jami 1 trln. 500 mlrd. soʻm kredit ajratilgan. Natijada 473 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan  70 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 403 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar ayollarga 919,8 mlrd soʻm, bankka biriktirilgan mahallalarda 1 868 nafar ayollarga 122,9 mlrd soʻm kredit ajratildi. Natijada 3 862 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Bank va Yaponiyaning Yamagata universiteti hamkorligida ishga tushirilgan “Biznes-portal.uz” platformasi orqali 10 ming nafar tadbirkor oʻqitildi. Saralab olingan 24 nafar mahalliy mentorlar Yaponiyada malaka oshirib, xalqaro sertifikatga ega boʻldi.

Oʻtgan yili bank tomonidan 112,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari mablagʻlari jalb qilindi.

Muloqotda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, tomorqa biznesini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar haqida ham taqdimotlar oʻtkazildi.

Bank hisoboti va taqdimotlar qizgʻin muhokama qilindi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda bank faoliyatiga doir takliflarini bildirishdi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.