"Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish" krediti
Zamonaviy texnologiyalar bilan hosildorlikni oshiring!


Kredit miqdori
8 mln AQSH doll. ekvivalentigacha

Kredit muddati
120 oygacha

Foiz stavkasi
Individual
🚜 “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” krediti – rivojlanish va samaradorlik uchun! 🌱
🌳 Intensiv bog‘lar – yuqori hosildorlikka erishish uchun zamonaviy yondashuv!
💧 Tejamkor sug‘orish tizimlari va suv ko‘rsatgichlari – suv resurslaridan samarali foydalanish!
🌍 Ekologik xavfsiz suv saqlash texnologiyalari – barqaror qishloq xo‘jaligi uchun innovatsiyalar!
⚙️ Mexanizatsiyalashni joriy etish – ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish!
🍏 Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash – sifat va yaroqlilik muddatini oshirish!
📦 Qadoqlash va tara ishlab chiqarish – bozorda raqobatbardosh mahsulot yaratish!
🚛 Avtorefrijiratorlar sotib olish – logistika va yetkazib berish tizimini yaxshilash!
💰 Boshqa investitsiyalar – qishloq xo‘jaligingizni kompleks rivojlantirish!
🔹 250,000 AQSH dollari ekvivalentigacha kredit olish imkoniyati bilan investitsiyalaringizni kengaytiring 📈
Qanday qilib olish mumkin
.png)
Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang
.png)
Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing
Asosiy shartlar
Mijoz (Segment): Tadbirkorlik subyektlari
Mahsulot maqsadi: Intensiv bog'lar, tejamkor sug'orish tizimlari va suv ko'rsatgichlar, ekologik xavfsizlik suv saqlash texnologiyasi va mexanizatsiyalashni joriy etish, meva-sabzavothiclik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, qadoqlash, tara ishlab chiqarish, avtorefrijiratorlar sotib olish va boshqa investitsiyalar uchun.
Valyuta: Milliy valyuta (so‘m), Xorijiy valyuta (AQSH dollari)
Foiz stavkasi:
Milliy valyutada - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasi +6,0%(Bank marjasi) miqdorida;
AQSH dollarida- SOFR (6 oylik)+spred( o'zgaruvchan) +1,0% (O'zbekiston Respublikasi marjasi)+5,0% (Bank marjasi)
Miqdori:
Qishloq xo'jaligi kooperativlari va boshqa kooperatsiyalari uchun - 1,0 million AQSH dollari ekvivalentigacha;
Agrosanoat klasterlari va samarali hamkorlik uchun 8,0 million AQSH dollari ekvivalentigacha.
Agrosanoat klasteri va samarali hamkorlik doirasida qo'shilgan qiymatning bitta zanjirini moliyalashtirish uchun - 2,0 million AQSH dollari ekvivalentigacha;
Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun -250,0 ming AQSH dollari ekvivalentigacha.
Muddati:
Investitsiya loyihalari uchun – 120 oygacha (loyihaning o'zini oqlash muddatidan kelib chiqib);
Aylanma mablag‘larni to'ldirish uchun – 18 oygacha.
Imtiyozli davri:
Investitsiya loyihalari uchun – 36 oygacha.
Aylanma mablag‘larini to'ldirish uchun – 9 oygacha.
Imtiyozli hududlar: O‘zbekistonning barcha hududlari (Toshkent shahri bundan mustasno).
Mijozga qo'yiladigan asosiy talablar
Kredit yuklamasi – Qarz oluvchining umumiy kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi lozim. Agar bu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa, yuridik shaxs kafilligi talab etiladi. Kafil korxonalar uchun:
Kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning umumiy kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi;
Kafillik summasi kredit summasining kamida 125% ini tashkil etishi lozim.
Moliyaviy natijalar – Oxirgi hisobot davri uchun Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi kerak.
Aylanma mablag‘lar – Mijozning aylanma mablag‘lari manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi lozim.
Muddati o‘tgan qarzdorliklar – Qarz oluvchining mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi zarur.
Kreditlar bo‘yicha kechikmalar (oxirgi 60 oy ichida):
30 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar soni 10 tadan oshmasligi;
60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar soni 2 tadan oshmasligi;
90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar bo‘lmasligi.
Ijro ishlari va sud qarorlariga muvofiqlik:
Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.
Mijozning sud jarayonidagi kredit qoldiqlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
Kerakli hujjatlar
Ariza.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish bo‘yicha rasmiy roziligi
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hujjatlari
Texnik-iqtisodiy asosnoma (TİA) yoki biznes-reja.
Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanishi bo‘yicha ma’lumot.
Mahalliy yoki xalqaro oldi-sotdi shartnomasi (asosiy vositalarning texnik xususiyatlari aniq ko‘rsatilgan holda).
Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bo‘yicha ma’lumot.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.