Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

"Sarmoya" krediti

100 milliard so'm bilan biznesga sarmoya kiriting

Yillik foiz stavkasi

15%-27%

Kredit miqdori

100 mlrd. so'm ekvivalentigacha

Kredit muddati

60 oygacha

Bino va inshootlar, asbob-uskunalar va maxsus jihozlar, investitsiya faoliyati bilan bog'liq avtotransport vositalari, aylanma mablag'lar yoki kredit qoldig'ini sotib olmoqchi bo'lgan tadbirkorlar.

Qanday qilib olish mumkin

Bankning oʻzingizga yaqin ofisini tanlang va hujjatlarni taqdim eting

Tanlang

Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang

Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing

Asosiy ma'lumotlar

Kredit maqsadi: Bino-inshootlar sotib olish uchun, asbob-uskunalar sotib olish, maxsus texnikalar vositalari sotib olish uchun (ushbu mahsulotda nazarda tutilgan boshqa maqsadlar bilan birgalikda bir loyiha doirasida moliyalashtiriladigan hollarda), Investitsion faoliyati bilan bog‘liq avtotransport vositalari sotib olish uchun, Investitsion faoliyat bilan bog‘liq uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish, kredit qoldig‘ini sotib olish.

Valyuta: So‘m va xorijiy valyuta (AQSh dollari, Yevro, Rubl, Yuan).

Yillik foiz stavkasi:

Bank o‘z mablag‘i va depozitlar hisobidan:

  • Milliy valyutada: 27%;

  • Xorijiy valyutada: 15%;

Kredit liniyalar hisobidan:

  • Milliy valyutada: Resurs xarajati + 6%;

  • Xorijiy valyutada: Resurs xarajati + 5%.

Kreditni maksimal miqdori: 100 mlrd. so’m ekvivalenti.

Kredit muddati:

  • Loyihaning o‘zini qoplash va amortizatsiya muddatidan kelib chiqib. Bunda, Bank o‘z mablag‘lari hisobidan – 60 oygacha;

  • Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan – jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan belgilanadi.

Kredit qarzdorliklari qoldig‘ini sotib olish – dastlabki kreditor bilan tuzilgan shartnomadagi kreditlash shartlari o‘zgartirilmagan holda.

Imtiyozli davr: Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan xorijiy va milliy valyutada
12 oygacha yoki loyiha xususiyatidan kelib chiqib loyiha ishga tushgandan (akt vvoda) so‘ng 6 oy;

  • Boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

  • Jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;

Kredit ta'minoti: Dastlabki mulkiy ta’minot kredit summasining kamida 65 foizi miqdorida. Qolgan 60 foizi kredit hisobiga sotib olinayotgan asosiy vosita (Kredit hisobiga sotib olinayotgan asosiy vosita garovga qo‘yilgunga qadar nomulkiy ta’minot taqdim etilishi mumkin).

Kerakli hujjatlar

  • Ariza.

  • Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA).

  • Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).

  • Qarz oluvchi korxonaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (agar bank 1 va 2-sonli shakllarni Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olgan va moliyaviy tahlil qilmagan bo‘lsa, ushbu hujjat talab etilmaydi).

  • Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.

  • Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

    • Asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri;

    • Qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi;

    • Maxsus texnika sotib olinayotganda uning xususiyatlari.

  • Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.