Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Revolver krediti

Ochiq kredit liniyasi asosida, qayta-qayta ishlatish imkoniyati bilan ajratiladi

Yillik foiz stavkasi

17,5%

Kredit miqdori

150 mln. so'mgacha

Kredit muddati

36 oygacha

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari

Qanday qilib olish mumkin

Biznes-portal.uz saytida onlayn ariza yuboring

Batafsil

Skoring va o'quv jarayonlaridan o'tib, xujjatlarni yuboring

Ijobiy qaror qabul qilingandan keyin, shartnomaga asosan kreditdan foydalaning

Asosiy ma'lumotlar

Valyuta — so‘m.

Kredit ajratish maqsadi — sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash xamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari xamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yunalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).

Kredit miqdori — 150 mln. so'mgacha

Yillik foiz stavkasi — 17,5% (O'zR MB stavkasi +4%).

Kredit muddati —  har 12 oyda so’ndirish sharti bilan 36 oygacha.

Kredit ta’minoti —  garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda.

Garovsiz qismi kreditlarning qaytarilmaslik xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sug’urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qo’yiladi.

Kerakli hujjatlar

  • Ariza (onlayn);

  • Sertifikat (onlayn);

  • Ta’sis hujjatlari:

  • Biznesga ko‘maklashish markazida himoya qilingan biznes reja (onlayn).

  • Kredit hisobiga sotib olinayotgan tovarlar yuzasidan (import) shartnomalar, texnik tavsifnomasi;

  • Kredit hisobiga import shartnomasi asosida sotib olinadigan tovar bahosi va sifati asoslanganligi to‘g‘risida mustaqil konsalting tashkilotining ijobiy xulosasi va kredit hisobiga sotib olinadigan tovar bo‘yicha kamida 3 ta tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘nggi uch oylik holatiga tijorat takliflari (uskunaning texnik pasporti, i/ch quvvati, yetkazib berish va to‘lov shartlari ko‘rsatilgan holda);

  • Loyihani amalga oshirish joyi bo’yicha hujjatlar (yoki ijara shartnomasi);

  • Shartnoma tovar yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belorussiya va Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyalarning ijobiy xulosasi.

  • Doimiy ish bilan ta’minlaganlik to‘g‘risida ma’lumot (ish o‘rinlari yuzasidan);

  • K-2 qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;

  • Kredit hisobiga sotib olinayotgan tovarlar yuzasidan (import) shartnomalar, tijorat takliflari (chet davlatlardan tovar yoki xizmatlar sotib olinganda), texnik tavsifnomasi, yuk bojxona deklaratsiya hujjatlari (ichki shartnomalar uchun).

  • Har bir loyihaning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilik talabiga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun zarur litsenziya yoki ruxsat beruvchi (ekologiya, qurilish, veterinariya va boshqalar) hujjatlar.

    Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.