Biznesni boshlash va kengaytirish uchun
1 mlrd. so'mgacha sanoat, xizmat, savdo va boshqa yo'nalishlarga


Yillik foiz stavkasi
17,5%

Kredit miqdori
1 milliard so’mgacha

Kredit muddati
84 oygacha
Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo’lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari:
oxirgi 12 oyda aylanma mablag’lari miqdori 500 mln. so’mdan 10 mlrd. so’mgacha bo’lgan;
kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan.
Qanday qilib olish mumkin
.png)
Ijobiy qarordan keying kredit shartnomasini imzolang
.png)
Kredit mablag'laridan foydalaning va maqsadingizga erishing
Kredit shartlari haqida batafsil
Asosiy ma'lumotlar
Valyuta — so‘m.
Kredit ajratish maqsadi — sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yo'nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
Yillik foiz stavkasi — 17,5% (O'zR MB stavkasi +4%).
Kredit muddati — 84 oygacha.
Imtiyozli davr — 24 oygacha.
Kredit miqdori — 1 milliard so’mgacha.
Kredit ta’minoti — bankning ichki meyyoriy hujjatlariga asosan.
Kerakli hujjatlar
Ariza (onlayn);
Sertifikat (onlayn);
Ta’sis hujjatlari;
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
Qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti;
Texnik iqtisodiy asosnoma (TIA) (onlayn);
Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot;
Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi;
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
Loyihani amalga oshirish joyi bo’yicha hujjatlar (yoki ijara shartnomasi);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.