Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Kuzatuv kengashi

Norqulov Ilhom Ibroximovich

Kuzatuv kengashi raisi
Tug'ilgan sana: 21.04.1981 yil

Batafsil

Norqulov Ilhom Ibroximovich 20 yildan ortiq moliyaviy tahlil, pul-kredit siyosati va iqtisodiy rivojlanish sohalarida tajribaga ega bo‘lgan mohir iqtisodiy siyosatchi bo‘lib, Buyuk Britaniyaning Glazgo universitetida xalqaro iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasi unvoni bilan mukofotlangan.

Ilhom Ibroximovich Markaziy bank raisi o‘rinbosari va Pul-kredit siyosati departamenti direktori kabi muhim rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Rus va ingliz tillarini mukammal biladi. Pul-kredit siyosati islohotlariga rahbarlik qilish, kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini amalga oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun moliyaviy tizimlarni zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘zining samarali faoliyatini namoyon etib kelmoqda. Hozirda Ilhom Ibroximovich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari hamda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Kuzatuv kengashi raisi lavozimlarida o‘z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

Xusanov Timur Nuritdinovich

Kuzatuv kengashi raisi o'rinbosari
Tug'ilgan sana: 14.03.1986 yil

Batafsil

Xusanov Timur Nuritdinovich iqtisodiy siyosat va biznesni rivojlantirish sohasida tajribali rahbar bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. Moskva po‘lat va qotishmalar institutida metallurgiya muhandisligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan Xusanov, turli davlat vazirliklarida xalqaro reytinglar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi.

Ziyadullayev Behruz Abduvahob o‘g‘li

Kuzatuv kengashi a’zosi
Tug‘ilgan sana: 23.03.1996-yil

Batafsil

Ziyadullayev Behruz Abduvahob o‘g‘li davlat moliyasi, kapital bozori, davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish sohalarida tajribaga ega mutaxassisdir.

2020-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan, 2025-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini «Kapital bozori va birja ishi» mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida boshlagan. Faoliyati davomida muammoli kreditlar bilan ishlash, davlat tashqi qarzini hisobga olish, kapital va sug‘urta bozorlarini rivojlantirish, shuningdek, strategik davlat aktivlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish yo‘nalishlarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2025-yil avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat banklari va aktivlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish departamenti Davlat banklari bilan ishlash bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ingliz va rus tillarini biladi.


Ibraximjanova Zumrat Amanbayevna

Kuzatuv kengashi a'zosi
Tug'ilgan sana: 21.02.1972 yil

Batafsil

Ibraximjanova Zumrat Amanbayevna 1972-yil 21-fevralda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Oliy ma’lumotli, 1993-yilda Samarqand kooperativ institutini, 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Uning mutaxassisligi iqtisodiyot va loyihalarni moliyalashtirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Ibraximjanova Zumrat Amanbayevna loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan yetuk moliyachi bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish departamenti boshlig‘i hamda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida o‘z faoliyatini samarali yuritib kelmoqda.

Xoshimov Behzod Alisher o‘g‘li

Kuzatuv kengashi a’zosi
Tug‘ilgan sana: 08.08.1993-yil

Batafsil

Xoshimov Behzod Alisher o‘g‘li iqtisodiyot, biznes, tadbirkorlik va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro tajribaga ega mutaxassis, olim va professordir.

2015-yilda Singapurning Nanyan texnologiya universitetini amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2017-yilda AQShning Viskonsin universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini, 2023-yilda esa Viskonsin biznes maktabida biznes yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida Singapurdagi Andes Fund Management investitsiya fondida tadqiqotchi, Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qituvchi assistenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tadqiqotchi-metodist lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, AQShning Viskonsin biznes maktabi huzuridagi Vaynart tadbirkorlik markazida tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan hamda Viskonsin universitetida doktorantura tadqiqotlarini olib borgan.

2024-yil avgust oyidan buyon Nyu-York universitetining Abu-Dabidagi kampusida (NYU Abu Dhabi) «Biznes, tashkilotlar va jamiyat» yo‘nalishi bo‘yicha professor lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich

Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi
Tug'ilgan sana: 07.06.1979 yil

Batafsil

Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich 1979-yil 7-iyunda Toshkentda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Toshkent moliya institutida "Bank ishi" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini (2003), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini (2007) olgan. O‘zbekiston moliya sektorida keng tajribaga ega bo‘lgan malakali bank va moliya mutaxassisidir.

Saidkamol Saidkarimovich o‘z faoliyati davomida quyidagi muhim rahbarlik lavozimlarida ishlagan:

2016 – 2017. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Raisining birinchi o‘rinbosari

2017 – 2018. “Agrobank” ATB Boshqaruv raisi

2018 – 2020. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

Hozirda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida o‘z faoliyatini samarali yuritib kelmoqda.

Richard Ogdon Peregrine

Kuzatuv kengashi a’zosi
Tug‘ilgan sana: 26.04.1965-yil

Batafsil

Richard Ogdon Peregrine investitsiya bankchiligi, korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish va xalqaro moliya sohalarida 35 yildan ortiq tajribaga ega britaniyalik mutaxassisdir.

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Linkoln kollejini tamomlagan va gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Professional faoliyatini 1987-yilda UBS Warburg xalqaro investitsiya bankida boshlagan va 2000-yilga qadar turli lavozimlarda ishlab, ijrochi direktor darajasiga ko‘tarilgan.

Keyingi yillarda Troika Dialog Group, Uralsib Financial Corporation va Russian Direct Investment Fund kabi yirik moliya tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, investitsiya bankchiligi, risk va kapitalni boshqarish, investitsiya strategiyasi hamda korporativ boshqaruv yo‘nalishlariga mas’ul bo‘lgan.

Shuningdek, AvtoVAZ, KAMAZ, High River Gold Mines, Sova Capital Limited, RS Capital Ltd va TrData Limited kabi kompaniyalarda direktor, ijrochi direktor hamda bosh direktor lavozimlarida ishlagan.

2020-yil iyul oyidan buyon Ameriabank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2023–2025-yillarda Altai-Global Ltd kompaniyasi Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lgan.


David Nigel Cleave

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi
Tug‘ilgan sana: 28.03.1956-yil

Batafsil

David Nigel Cleave bank boshqaruvi, moliyaviy menejment, operatsion boshqaruv va xalqaro tashkilotlar faoliyati sohalarida 30 yildan ortiq tajribaga ega britaniyalik mutaxassisdir.

1977-yilda Buyuk Britaniyaning London City Polytechnic oliy ta’lim muassasasini iqtisodiyot va bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida xalqaro banklar va tashkilotlarda yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Jumladan, 1993–1997-yillarda Vengriyaning Budapesht shahridagi ING Barings bankida bosh operatsion direktor, 1997–2003-yillarda esa Raiffeisen Bank Ukraine bankida bosh operatsion direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

2003–2009-yillarda Ukrainadagi Fan va texnologiyalar markazida (Science and Technology Center in Ukraine — STCU) moliya bo‘yicha bosh direktor lavozimida ishlagan.

2009–2025-yillarda Moskva va Ostona shaharlarida faoliyat yurituvchi Xalqaro fan va texnologiyalar markazida (International Science and Technology Center — ISTC) ijrochi direktor lavozimini egallagan.

Uning professional tajribasi bank operatsiyalarini boshqarish, moliyaviy nazorat, xalqaro tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik boshqaruv yo‘nalishlarini qamrab oladi.


Bruno Balvanera

Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi (Fransiya)
Tug'ilgan sana: 05.09.1962 yil

Batafsil

Bruno Balvanera bank, investitsiya va barqaror rivojlanish sohalarida 35 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan tajribali xalqaro moliya va rivojlanish mutaxassisidir. U Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (YTTB) 23 yil davomida yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya bo‘ylab mintaqaviy operatsiyalarga muvaffaqiyatli rahbarlik qilib, bir necha milliard yevrolik investitsiya portfellarini boshqargan hamda davlat-xususiy sheriklik, moliya sektorini isloh qilish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rivojlantirgan.

Bruno Balvanera O‘zbekiston va Gruziyaning yirik banklari kengashlarida mustaqil direktor, shuningdek, faol fintech investori va strategik maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Chikago universiteti “Booth” biznes maktabida MBA darajasini olgan va Garvard hamda Chikago universitetlarida rahbarlik kurslari bo‘yicha ta’lim olgan. Ingliz, ispan va fransuz tillarini mukammal biladi, rus tilini yuqori darajada o‘zlashtirgan.

Bruno Balvanera rivojlanayotgan bozorlarda korporativ boshqaruv, shaffoflik va xususiy sektor rahbarligidagi rivojlanishga sodiqligiini namoyish etib kelmoqda. Shuningdek, "Biznes rivojlantirish banki" ATB Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida o‘z faoliyatini samarali yuritib kelmoqda.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.