Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yangi xodimlar uchun "Welcome trening" o‘tkazildi

20.04.2025
3 min

"Biznesni rivojlantirish banki" AJ ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish va HR strategiyasi doirasida 18-aprel kuni bank O‘quv Markazida yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun maxsus "Welcome trening" dasturi bo‘lib o‘tdi.

Treningning asosiy maqsadi – yangi jamo‘a a’zolarini bankning tashkiliy tuzilishi, korporativ qadriyatlari va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning professional faoliyatini samarali boshlashiga yordam berish.

Treningda yangi xodimlarning qiziqishlariga javob beruvchi interaktiv sessiyalar qamram olindi. Xususan:

Bank tarixi va tashkiliy tuzilishi – tashkil etilishidan hozirgi kungacha bo‘lgan yo‘l, filiallar tarmog‘i, rahbariyat tuzilmasi;
Rivojlanish strategiyasi, missiya va qadriyatlar – bankning uzoq muddatli maqsadlari, mijozlarga yondashuv prinsiplari;
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari va ish uslublari – moliyaviy mahsulotlar, xizmatlar, innovatsion yechimlar;
Ichki mehnat tartibi qoidalari – ish vaqti, topshiriqlarni bajarish tartibi, xavfsizlik talablari;
Korporativ madaniyat va odob-ahloq me’yorlari – mijozlar va hamkasblar bilan muloqotda professional yondashuv;
Amaliy mashg‘ulotlarning savol-javoblar qismida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldi.

Yangi xodimlar uchun o‘tkazilgan ushbu tadbir ularga bank tizimiga tez va qulay moslashish, ish joyidagi talablar va kutib olinadigan natijalarni aniq tushunish, jamoa bilan hamjihatlikda ishlash imkoniyatini yaratish, o‘z faoliyatini strategik maqsadlar yo‘lida yo‘naltirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB yangi kadrlarni doimiy rivojlanishga intiluvchi, tashabbuskor va mas’uliyatli mutaxassislar sifatida shakllantirishga har doim alohida e’tibor qaratadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.