Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

UzQR olish endi yanada qulay: arizani onlayn yuboring

19.08.2026
3 min

Tadbirkorlarga zamonaviy va qulay bank xizmatlarini taqdim etish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan UzQR olish jarayoni raqamlashtirildi. Endi tadbirkorlarga QR-kod olish uchun bank ofisiga borish shart emas – barcha jarayonni Biznes 24/7 ilovasi orqali masofadan turib amalga oshirish mumkin.

Yangi imkoniyat tadbirkorlarga vaqtni tejash, toʻlovlarni qabul qilish jarayonini soddalashtirish va savdo nuqtasida hisob-kitoblarni yanada qulay tashkil etish imkonini beradi.

Yagona UzQR — turli toʻlovlar uchun yagona yechim.

Tadbirkor bitta UzQR orqali turli banklar va toʻlov ilovalaridan keladigan toʻlovlarni qabul qilishi mumkin. Buning uchun bir nechta QR-kod yoki qoʻshimcha qurilmalardan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi.

Shuningdek, QR orqali amalga oshirilgan toʻlovlar tadbirkorning bank hisobvaragʻiga tushadi, barcha operatsiyalarni esa yagona platforma orqali kuzatib borish mumkin. Natijada kassadagi ortiqcha jarayonlar qisqaradi, mijozlarga xizmat koʻrsatish tezlashadi.

Mijozlar uchun ham qulaylik

UzQR orqali xaridorlar oʻzlariga qulay boʻlgan istalgan bank yoki toʻlov ilovasi orqali toʻlovni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish bilan birga, toʻlov jarayonini tez va osonlashtiradi.

UzQRʻni qanday olish mumkin?

Buning uchun tadbirkorga Biznes 24/7 ilovasida bir nechta oddiy qadamni bajarish kifoya:

Yagona QR → Ariza yuborish → Holatini kuzatish → QR yaratish → Yuklab olish

Biznesni rivojlantirish banki raqamli xizmatlarni rivojlantirish orqali tadbirkorlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada soddalashtirish va ular uchun vaqt va xarajatni tejaydigan yechimlarni kengaytirishda davom etmoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.