Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Silk Road Forum: “Biznesni rivojlantirish banki” yangi fintech yechimlarni taqdim etdi

24.08.2026
5 min

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Global Finance&Technology Network (GFTN) hamkorligida tashkil etilgan Silk Road Finance&Technology Forum o‘z ishini boshladi. 2026-yilning 24–26-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu nufuzli anjuman Markaziy Osiyoda ilk bor regulyator va xalqaro moliya tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilayotgan yirik fintech platformasidir.


Tadbir hududiy va xalqaro darajadagi moliya institutlari, fintech kompaniyalari, innovatsion startaplar, investorlar hamda texnologiya sohasi yetakchilarini bir maydonda jamladi. Forum kun tartibidan mamlakatimizda 2030-yilga qadar litsenziyalangan fintech kompaniyalari sonini 103 tadan 200 taga yetkazish, sohaga 1 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, 5 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ochiq banking va islomiy moliya uchun huquqiy-instituttsional sharoitlarni kengaytirish kabi strategik vazifalar o‘rin olgan.

Ushbu xalqaro forumda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘zining BRB-TECH IT-kompaniyasi bilan birgalikda faol ijtirok etib, bank-moliya sektoriga tatbiq etilayotgan zamonaviy raqamli texnologiyalarini namoyish qilmoqda. Aytish joizki, BRB-TECH bank tarkibidagi to‘laqonli IT-struktura bo‘lib, fintech yechimlarni mustaqil ravishda loyihalashtirish va amaliyotga joriy etish bilan shug'ullanadi.

Bank stendining markaziy eksponatiga aylangan biometrik to‘lov tizimi forum ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur texnologiya mijozlarga bank kartalari, smartfonlar yoki boshqa qurilmalarsiz — shunchaki kaftni scan qilish yoki qurilmaga “tabassum qilish” orqali to‘lovlarni xavfsiz va tezkor amalga oshirish imkonini beradi. O‘zbekiston bank tizimida birinchilardan bo‘lib amaliyotga tatbiq etilayotgan ushbu yechim forum mehmonlari tomonidan jonsiz demo-stendlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, bank stendidagi muhim ishlanmalardan biri — Kredit monitoringi va erta ogohlantirish tizimidir. Tizim kredit portfelidagi xatarlarni real vaqt rejimida tahlil qilib, aktivlar sifati yomonlashuvi belgilarini erta bosqichda aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tahliliy tavsiyalar shakllantiradi. Forum ishtirokchilariga ushbu platformaning uch daqiqalik amaliy namoyishi taqdim etilmoqda.

Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yana bir loyiha — muammoli qarzdorliklar bilan ishlashni avtomatlashtiruvchi AI-undiruv tizimidir. Unda sun’iy intellekt operatori telefon muloqotlarini mustaqil va inson omilisiz olib boradi. Stendda mehmonlar uchun real muloqot jarayonlarining audioyozuvlari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan “Biznes 24/7” masofaviy bank xizmatlari platformasi orqali tadbirkorlar to‘lovlarni amalga oshirish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa amallarni sutkaning istalgan vaqtida bajarishlari mumkin. Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini yagona ekotizimga birlashtiruvchi CRM360 ichki platformasi hamda milliy va madaniy merosimizni o‘zida aks ettirgan eksklyuziv “Sherdor” premium kartasi ham taqdimotning ajralmas qismiga aylandi.


Tashrif buyuruvchilar bank stendida faqat texnologik yechimlar bilan cheklanib qolmay, mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan kreditlar hajmi, moliyalashtirilgan loyihalar hamda yaratilgan yangi ish o‘rinlari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan ham tanishishlari mumkin.

Bank Axborot Xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.