Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Yakkabogʻ” BXM tashabbusi bilan “Loyihalar yarmarkasi” oʻtkazildi

18.06.2025
2 min

Joriy yilning 17-iyun kuni “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB “Yakkabogʻ” BXM tashabbusi bilan Yakkabogʻ tumanida “Loyihalar yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Biznesni rivojlantirish banki masʼullari tomonidan fuqarolarda tadbirkorlik koʻnikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif etilayotgan imtiyozlar va aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va bank xizmatlaridan foydalanish boʻyicha qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish va yangiliklar, mavjud imtiyozlar va qulayliklar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Tadbirkorlarga bugungi kunda keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, bank tomonidan "Mikro, kichik oʻrta" biznesga kreditlar ajratish boʻyicha tushunchalar berildi. Kreditga ehtiyoji bor tadbirkorlar roʻyxati shakllantirilib, kelgusida ularga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va kredir berish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabogʻ bank xizmatlari markazi binosi iyun oyining dastlabki kunlarida foydalanishga topshirilgan edi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.