Biznesni rivojlantiriş istiqbollari böyiça forum boşlandi
“Biznesni rivojlantiriş banki” ATBning Korporativ universiteti taşabbusi bilan Toşkent şahrida “Özbekistonda biznesni rivojlantiriş istiqbollari” mavzusida ikki kunlik forum öz işini boşladi.
Forum mamlakatimizdagi yirik kompaniyalar taʼsisçi va rahbarlari, tadbirkorlar, tegişli davlat idoralari vakillari, şuningdek, xalqaro ekspertlar, biznes taʼlimi sohasi mutaxassislari uçun oçiq muloqot va tajriba almaşiş maydoni ölaroq taşkil etildi.
Asosiy maqsad, iştirokçilarga bozordagi özgarişlar va davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlari haqida batafsil maʼlumot beriş, biznesni rivojlantiriş va boşqarişning zamonaviy vositalarini taqdim etiş, şuningdek, bank, hamkorlar va xalqaro ekspertlar örtasida töğridan-töğri muloqot qiliş imkoniyatini yaratişdan iborat.
Forumning oçiliş marosimida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB boşqaruvi rahbariyati, Korporativ universitet vakillari iştirok etdi. Sözga çiqqanlar tomonidan mamlakat iqtisodiy siyosatining bugungi kundagi ustuvor vazifalari, davlat ahamiyatiga molik muhim tarmoqlar va zamonaviy boşqaruvda kadrlarga bölgan talab haqida fikr bildirdilar.
Anjumanning birinçi kunida kompaniyalar taʼsisçilari, kuzatuv va boşqaruv kengaşlari aʼzolari, boş direktorlar hamda yuqori böğin rahbarlari uçun strategik rivojlaniş va korporativ boşqaruv masalalariga bağişlangan muhokama va taqdimotlar ötkazildi.
Unda Moskva boşqaruv maktabi SKOLKOVO rektori Aleksandr Kim, maktab professori Yevgeniy Plaksenkov, taklif etilgan öqituvçi Anton Averyanov, faxriy professor Yelizaveta Sadova hamda boşqa ekspertlar maʼruza va amaliy maşğulotlar bilan iştirok etdi.
Kun tartibiga köra, kompaniyalarda korporativ madaniyatni şakllantiriş, rahbarlar tayyorlash, global megatrendlarning biznesga taʼsiri, xalqaro muzokaralarda madaniyatlararo muloqot, kompaniya strategiyasi va biznes modelini takomillaştiriş, mahalliy brendlarning global bozordagi raqobatbardoşligini oşiriş kabi mavzular haqida fikr almaşildi.
Forumning ikkinçi kunida bevosita tadbirkorlar va rivojlanayotgan biznes vakillari uçun amaliy masalalarga yönaltirilgan taqdimotlar qilinadi.
Unda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, Biznesni rivojlantiriş banki mijozlari, tadbirkorlar, “Yandex Uzbekistan”, Tadbirkor Ayol (Business Woman) va boşqa taşkilotlar vakillari, şuningdek, SKOLKOVO boşqaruv maktabi ekspertlari iştirok etişi rejalaştirilgan.
Ikkinçi kun doirasida tadbirkorlikni kengaytiriş uçun zarur moliyaviy resurslar, yangi bozorlarga çiqiş, malakali kadrlarni jalb qiliş va biznes hamkorliklarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, liderlik, şaxsiy samaradorlik, rahbarning zamonaviy boşqaruv kompetensiyalari va sunʼiy intellektning rahbarlik faoliyatiga taʼsiriga alohida eʼtibor qaratiladi.
Iştirokçilar tanlovi asosida ötkaziladigan tematik seksiyalar hamda “Kulturalli” nomli biznes-öyin ham dasturdan örin olgan. Uşbu maşğulotlar turli işbilarmonlik madaniyatlari bilan işlaş, jamoaviy hamkorlik va madaniyatlararo muloqot könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Forum davomida ekspertlar va iştirokçilar örtasida fikr almaşiş, hamkorlik aloqalarini örnatiş, bank hamkorlari bilan uçraşuvlar va netvorking tadbirlari ham taşkil etilmoqda.
Mazkur forum tadbirkorlar va biznes rahbarlari uçun yangi bilim va boşqaruv tajribasini egallaş, öz faoliyatida zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş hamda biznesni rivojlantirişning yangi imkoniyatlarini kaşf etişga xizmat qiladi. Zero forumdagi mavzular va dasturlar kelajakda BRB Korporotiv universitetida qöllanadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.