Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Xodimlar salohiyatini oshirish loyihalari haqida axborot berildi

05.08.2025
6 min

2025-yil 5-avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida xodimlar salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari O.Voxidov, departament direktorlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etildiki, yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi asosida har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, xodimlarning yuksak kasbiy darajasini ta’minlash va ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishlari uchun qulay mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ma’ruzachilar tomonidan HR-transformatsiyaning bugungi kundagi ahamiyati va zaruriyati, ishga qabul qilish va tanlov jarayonlari, yangi xodimlar uchun moslashtirish (adaptatsiya) tizimi, ustoz-shogird (ish o‘rganuvchilik) tizimi asosida malakali xodimlar tayyorlash, ish haqi va rag‘batlantirish (KPI) tizimi, xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish, xodimlar xayrixohligini oshirish tadbirlari kabi jami 8 ta yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish Strategiyasi”ga muvofiq, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayonining 4 ta ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham aynan kadrlar salohiyatini oshirishdir.

Bu esa kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish hamda har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, bonus) kabi uchta muhim yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida 3 160 ta xodim faoliyat olib bormoqda. Shundan 1 047 nafari ayollar va 597 tasi yosh xodimlar sanaladi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti bilan ta’minlash masalasi bank Boshqaruvining muntazam ravishda diqqat markazida bo’lib kelmoqda.

“BRB Star Lab” loyihasi  orqali esa  ustoz-shogird an’analari asosida lavozimga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda. Ustoz-shogird munosabatlariga asoslangan BRB maktabini joriy etishdan maqsad bankning tajribali mutaxassislarining bilim va koʻnikmalaridan foydalangan holda, OTM bitiruvchilarni malakali mutaxassis qilib lavozimlarga tayyorlashdan iborat.

Hisobot davrida bankning Farg‘ona, Namangan, Andijon, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hududiy boshqarmalarida OTM bitiruvchilari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazildi. Natijada 587 nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun qiziqish bildirdi. 287 nafar nomzod dastlabki sinov bosqichida ishtirok etdi. 98 nafar nomzod dastlabki sinov bosqichidan o‘tgan bo‘lsa, 49 nafar nomzod 2-bosqich – suhbat jarayonlaridan o‘tgan va ish o‘rganuvchilikka qabul qilingan.

Matbuot anjumanida xodimlar ish haqi va rag‘batlantirish tizimiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etildiki, yangi tizim ishga yarasha adolatli haq to‘lash maqsadida ishlab chiqilgan va bunda xodim o‘z harakati bilan daromadini oshirib borishi, KPI tizimi orqali o‘z mehnatining samarasini nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.

Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish yo‘nalishida mahalliy darajada jami 111 ta trening bilan 6198 ishtirokchi qamrab olingan bo‘lsa, 168 nafar xodim kasbiy bilim va tajribalarini oshirish maqsadida xorijga yuborildi.

Shunigdek, 2024-yilda mehnat muhofazasi tadbirlariga va jamoa shartnomasining mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimlaridagi tadbirlarini (maxsus kiyim, tibbiy ko‘rik, davolash profilaktika, sug‘urta qilish, sanitariya-gigienik vositalar, sut va unga tenglashtirilgan mahsulotlar, dam olish, ekskursiya va h.k.) amalga oshirish uchun 3,075 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. Joriy yilning 1-yarim yilligida ushbu bu ko‘rsatkich 1,205 mlrd so‘mni tashkil etdi.

“BRB yosh iqtidorlari”, “Direktor bilan bir kun”, “Nafis ayollar klubi”, “Book challenge”, Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha “Debat club”, “BRBZakovat” musobaqalari va turli yo‘nalishlardagi sport tadbirlari jamoaviy muhitni yaxshilash va xodimlar xayrixohligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlar mavzu yuzasidan oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.