Axborot xizmati bayonoti
“Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yangiyo‘l BXM mijozi olgan krediti bilan bogʻliq eʼtirozli holat haqida xabarlar tarqatmoqda. Ushbu holat va unda bildirilgan e’tirozlar nazoratga olindi. Aniqlangan holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Fuqaro Y.F. tomonidan kredit shartnomasi shartlari bo‘yicha to‘lovlar bir necha bor, uzliksiz ravishda o‘z vaqtida amalga oshirilmay, shartnoma shartlari buzib kelingan. Shuningdek, kredt shartnomasiga birinchi ilova “Tolov grafigi”da sana va belgilangan miqdorda amalga oshirilmagan.
Bu holatlarda xatto bank xodimlari tomonidan o‘z hisoblaridan ham mijoz krediti uchun to‘lovlar amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, mijoz to‘lovlarni uzluksiz 103 kun mobaynida to‘lanmaganligi, muammoli mijozlar ro‘yxatiga o‘tkazilgani, shu bilan birga, kredit to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashi haqida ogohlantirilsa ham bunga e’tiborsiz qaragani bois, qonunchilikka muvofiq sud orqali undirish choralari ko‘rilgan.
Mijoz 2026-yil 12-avgust kuni mijoz kreditini to‘liq so‘ndirishini ma’lum qilgan va bugungi kun holatida mazkur kredit to‘liq so‘ndirilgan.
Barcha jarayonlar qonunchilik doirasida amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.