Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Xalqaro hamkorlar bilan manfaatli kelishuvlar imzolandi

12.06.2025
2 min

2025-yil 12-iyun kuni, 10–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TIIF 2025) doirasida, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB xalqaro moliya institutlari va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar natijasida qator nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishildi. Xususan, ICBC Standard Bank (Buyuk Britaniya/Xitoy) bilan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, Cargill Financial Services (BAA) bilan eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 30 million yevro miqdorida kelishuv tuzildi.

Shuningdek, ICIEC (Saudiya Arabistoni), Montfort (Buyuk Britaniya), Rainer Michael Preiss (Singapur), KfW (Germaniya), Prism (BAA) va Legal Consulting Community (Qozog‘iston) kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilib, eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, moliyalashtirish, investitsiyalar va xalqaro loyihalarning huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Imzolangan kelishuvlar va erishilgan natijalar xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish va bankning eksport, investitsion faollik hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik vazifalarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.