Tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi, "Biznessni rivojlantirish banki" ATB, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda. Qarorda “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga tomorqachilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining milliy brendini yaratish va ularni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Mazkur jarayonlarga ilmiy asosda yondashish ishning sifati va samaradorlik darajasini oshiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ikki kunlik o‘quv-seminarda mutaxassislar tomonidan “Uzagrostar xolding” MCHJ qoshidagi ixtisoslashgan kompaniyalar hamda loyiha ofislari rahbarlariga tuproq tahlilidan tortib, mahsulot yetishtirishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan bog‘liq zamon talabiga mos amaliy bilimlar berilmoqda.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari meva va sabzavotlarni eksport qilish yo‘nalishidagi mavjud imtiyozlar va qo‘yiladigan talablar bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.