Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi

09.08.2024
2 min

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi  “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qilgan edi.

Joriy yilning 6-8-avgust kunlari koʻrik-tanlovning hududiy bosqichlari gʻolib va sovrindorlari eʼlon qilindi.

Tashkilotchilar tomonidan loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan boʻlishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Tanlovga 186 ta tumandan 1189 ta onlayn ariza kelib tushdi. “Biznes portal”ga biznes loyihalar haqidagi 896 ta video yuklandi.

Loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi arafasida eʼlon qilinadi.

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.