Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Tanlovning g'olib va sovrindorlari aniqlandi

22.08.2024
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi  mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab eʼlon qilgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur koʻrik-tanlovda tadbirkorlar  faol ishtirok etdilar. Xususan, tanlovga respublika boʻyicha 1189 ta onlayn ariza kelib tushdi.

Loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali  ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi  ishtirokchisiga aylangan boʻlishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Tanlovga kelib tushgan loyihalarni  baholashda mahallalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirishga  qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi. 

Tashkil etilgan tantanali marosimda koʻrik-tanlov Respublika bosqichining  gʻolib va sovrindorlari  taqdirlandi.  

Shuningdek, tanlovning xududiy bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan tadbirkorlarning mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Muhim jihati shundaki, “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining xududiy va   respublika bosqichlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan  biznes loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” va tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtirildi.

Xususan, xududiy bosqichlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan 42 ta loyihaga 7 mlrd. 560 mln. soʻmlik  kreditlar ajratildi. 

Tadbir davomida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan “33 ta loyiha” tanlovining gʻoliblari ham eʼlon qilindi va taqdirlandi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.