Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Parijda 50 million yevrolik  bitimlar imzolandi

13.03.2025
3 min

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat oʻrtasida moliyaviy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Xususan, tashrif doirasida oʻtkazilgan Biznes-forum davomida “Biznesni  rivojlantirish banki” ATB va Fransiyaning taraqqiyot agentligi (AFD) oʻrtasida 30 million yevro miqdoridagi kredit liniyasi boʻyicha asosiy shartlar toʻgʻrisida bitim imzolandi. Ushbu loyiha ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlashga yordam berishga qaratilgan. Ajratilgan mablagʻlar belgilangan gender mezonlariga javob beradigan korxonalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Bu esa ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻladi deyish mumkin.

Ushbu bitim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash  doirasida amalga oshiriladi va ayollar uchun biznes sohasida qulay sharoitlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, “Biznes rivojlantirish banki” ATB va Union of Arab and French Banks (UBAF) oʻrtasida 20 million yevro miqdoridagi hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv savdo moliyalashtirish sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirish, korrespondentlik munosabatlarini oʻrnatish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, ikki mamlakat moliyaviy institutlari oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Aytish mumkinki, bank va xorijlik hamkorlar oʻrtasida imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror rivojlanishga xizmat qiladigan qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga yoʻl ochadi.

Ushbu kelishuvlar ham oʻzaro manfaatli sheriklik va ishonchga asoslangan oʻzbek-fransuz munosabatlarining jadal rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

  

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.