Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Notiqlik san’ati va muloqot etiketi bo‘yicha trening o‘tkazildi

22.09.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida xodimlar uchun “Muloqot etiketi, notiqlik san’ati va nutq madaniyatini rivojlantirish” mavzusida navbatdagi o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi — bank xodimlarining muloqot madaniyati, ishchanlik etikasi hamda nutq mahoratini yanada rivojlantirish, ular orqali mijozlar va hamkasblar bilan samarali aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Trening jarayonida qatnashchilar quyidagi mavzular bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi:

·notiqlik san’atining ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatdagi o‘rni;

·muloqotning asosiy elementlari va ularning psixologik ta’siri;

·ovoz va nutq texnikasini to‘g‘ri qo‘llash usullari;

·nafas mashqlari va artikulyatsiya mashqlarini amalda bajarish;

·fikrni aniq va lo‘nda ifodalash, so‘z boyligini kengaytirish;

·mimika, imo-ishoralar va tana tilidan samarali foydalanish.

Mashg‘ulotlar interaktiv muloqot, guruhiy amaliy mashqlar, o‘yinlar va muhokamalar asosida olib borildi. Bunday yondashuv qatnashchilarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirish imkonini berdi.

Trening yakunida xodimlar o‘z nutq madaniyatini oshirish, jamoa oldida ishonchli chiqish qilish, mijozlar bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha muhim tajribaga ega bo‘ldi.

Ushbu o‘quv-trening mashg‘ulotlari bank xodimlarining professional rivojlanishiga hissa qo‘shib, ularning xizmat ko‘rsatish madaniyati va ish samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.