Navoiyda tanlov g‘oliblari taqdirlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
2024-yil 6-avgust kuni Navoiy shahrida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlardan jami 40 nafar tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining biznes loyihalari bilan qatnashdi. Ular orasidan belgilangan baholash mezonlari asosida 1, 2, va 3-o‘rinlarga munosiblar aniqlandi.
“DILOROM DO‘RMAN TEKSTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bilan 1-o‘rinni;
“QOROVULTEPA ZAMONAVIY MEBELLARI” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy mebellar ishlab chiqarish loyihasi bilan 2-o‘rinni;
“MURTAZO MUHARRAM” mas’uliyati cheklangan jamiyati chinni buyumlar ishlab chiqarish loyihasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritib sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.