Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Navbatdagi brifing bo'lib o'tdi

28.06.2024
5 min

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306 sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

Hozirda Dastur doirasida bank tuzilmalari, bank tomonidan ta’sis etilgan Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi va 14 ta “Kichik biznesga ko‘maklashish xududiy markazlari” tomonidan faol amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks Dasturida ishtirok etish istagida bo‘lganlar eng avvalo bank tomonidan ishga tushirilgan “Biznes portal” platformasiga onlayn ariza bilan murojaat qiladilar.

Bugungi chiqishimiz orqali tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan “Biznes portal” platformasiga yuborilgan arizalarning holati bo‘yicha axborot taqdim etamiz.

2024-yil 27-iyun holatiga “Biznes portal” platformasiga kelib tushgan arizalardan, 61 860 ta tashabbuskorlar skoring bosqichida ijobiy baholandi. Mazkur jarayon inson omili ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.

 Shu kunga qadar hokim yordamchilari tomonidan 55 928 ta loyihalarga ijobiy tavsiya berilgan.

O‘z navbatida, hozirda o‘rganish uchun hokim yordamchilari jarayonidagi loyihalar soni 2 517 tani tashkil qiladi.

Loyihalarni baholash va tanlash guruhi tomonidan 46 516 ta loyihaga o‘quv jarayoniga ruxsat berilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 432 ta loyiha tashabbuskorlari o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, eng muhim bosqich, yani 42 694 ta tashabbuskor tomonidan imtihon topshirilgan bo‘lib, ulardan 39 885 tasi sertifikatni qo‘lga kiritishgan.

Ayni paytga qadar barcha tijorat banklari tomonidan 27 054 ta loyihaga kredit ajratish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi. Ularni amalga oshirish uchun loyihaning umumiy qiymati 2 trln. 582 mlrd so‘mlik kredit shartnomalari imzolanib, ajratilgan kredit hajmi esa 2 trln. 472 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz quyidagilar onlayn ariza yuborish orqali “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks Dasturida ishtirok etish huquqiga ega:

kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyixalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.

Eslatib o‘tamiz “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks Dasturini 2023-2026 yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilishi belgilangan.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.