Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Milliy libos – millat iftixori” chellenji Samarqand BXOda davom etdi

14.11.2025
2 min

“Milliy libos – millat iftixori” chellenji “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Samarqand bank xizmatlari ofisida davom etmoqda.

"Biznesni rivojlantirish banki" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida ma’naviy muhitni mustahkamlash va milliy o‘zligimizni ulug‘lash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Milliy libos – millat iftixori” chellenji izchil davom etmoqda.

Tadbirning navbatdagi manzili – bankning Samarqand bank xizmatlari ofisi bo‘lib, ushbu jamoa xodimlari bugun ish jarayoniga milliy liboslarda tashrif buyurib, o‘zbek milliy an’analariga bo‘lgan hurmat-e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.

Chellenj doirasida xodimlar tomonidan turli milliy kiyimlar – atlas va adras liboslari, do‘ppi, kamzul, milliy bezakli aksessuarlar namoyish etilib, milliy madaniyatning rang-barangligi targ‘ib qilindi. Tadbir davomida jamoa a’zolari bir-biriga milliy liboslar tarixi, ularning hududiy xususiyatlari va zamonaviy modadagi o‘rni haqida ma’lumotlar ham ulashdilar.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda milliy libos kunini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar orasida milliy o‘zlikni mustahkamlash, ma’naviy birlikni kuchaytirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishdir.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.