Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Milliy libos – millat faxri” chellenji davom etadi

18.04.2025
2 min

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB oʻzining "Milliy libos - millat faxri" chellenjini davom ettirib, milliy qadriyatlarga boʻlgan sadoqatini yana bir bor namoyish etmoqda.

#MilliyLibos xeshtegi ostida oʻtayotgan ushbu tadbir, bank xodimlarining oʻzbek xalqining boy madaniy merosiga boʻlgan hurmatini va vatanparvarlik tuygʻularini ifoda etishga qaratilgan.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda ishlayotgan har bir xodim, milliy anʼanalarni eʼzozlash va ulugʻlashni oʻzlarining muhim vazifalaridan biri deb biladi.

Bugungi tashrif manzili - "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Buxoro bank xizmatlari ofisi boʻldi. Tadbir davomida ofis xodimlari milliy liboslarda ishtirok etib, oʻzbek xalqining betakror anʼanalarini namoyish qildilar.

#birdamjamiyat xeshtegi butun jamoaning birgalikdagi saʼy-harakatlarini ifodalaydi va ular oʻrtasidagi mustahkam hamkorlikni taʼkidlaydi.

 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB milliy qadriyatlarga sodiqlik va jamiyatga xizmat qilish orqali ishonchli hamkor sifatida oʻz mavqeini mustahkamlashga intiladi. #ishonch xeshtegi bankning mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlaridagi asosiy tamoyilini aks ettiradi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.