Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Milliy libos chellenji Qashqadaryoda davom etdi

22.08.2025
2 min

Milliy liboslar – xalqimizning tarixi, madaniyati va urf-odatlarining betakror ifodasidir. Ular nafaqat go‘zallik va did, balki millatimizning o‘ziga xos ruhini ham namoyon etadi.

"Biznesni rivojlantirish banki" milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish maqsadida “Milliy libos – millat iftixori” chellenjini davom ettirmoqda. Mazkur tashabbus orqali bank xodimlari o‘z milliy kiyimlarini kiyib, qadimiy anʼanalarni ulug‘lash bilan birga, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu chellenjda navbatdagi ishtirokchi — Bankning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi.

Xodimlar o‘zining rang-barang milliy liboslari orqali xalqimizning madaniy boyligi, qadimiy merosi va zamonaviy talqinini uyg‘un holda namoyish etdilar.

Milliy liboslarimiz – millatimizning g‘ururi, kelajak avlod uchun bebaho maʼnaviy merosdir!

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.