Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi

12.11.2024
2 min

 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonuni:

➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;

➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;

➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.

 Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi.

 Yuqoridagi infografikalar orqali to’liq ro'yxat bilan tanishish mumkin.

 Eslatib o'tamiz, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yilning dekabr oyidan boshlab kuchga kiradi. 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.