Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mahalla bankirlari uchun SMM mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

27.08.2025
3 min

Joriy yilning 25-26-avgust kunlari Nukus hamda Urganch shaharlarida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning mahalla bankirlari va yordamchi-agentlari uchun ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yaratish, ular orqali mijozlarga tezkor va aniq ma’lumotlar yetkazib borishni yo‘lga qo‘yishga oid mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular orqali mahalla aholisi va yoshlarni biznesga jalb qilish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda hududdagi barcha mahalla bankiri va yordamchi-agentlar qamrab olindi.

Mashg‘ulotlar davomida ular SMM (social media marketing – ijtimoiy tarmoq marketingi) yo‘nalishida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Xususan, sahifa yaratish va yuritish, ma’lumotlarni yangilab borish, postlarni qiziqarli va jozibador qilib tayyorlashning o‘ziga xos xususiaytlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, iyul-avgust oylarida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari mahalla bankiri va yordamchi-agentlari uchun ham SMM bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazildi.

Shu kunga qadar mazkur mashg‘ulotlarda jami 350 nafardan ortiq mahalla bankiri hamda yordamchi agentlar qamrab olindi.

Ma'lumot uchun, 2025-yil 23-iyulda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning “Mahalla bankiri va yordamchi-agentlarni SMM (social media marketing – ijtimoiy tarmoq marketingi) bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida”gi №4083-sonli Farmoyishi qabul qilingan. Mazkur farmoyish asosida tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq, mahalla bankirlari va yordamchi-agentlarning SMM bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.