Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mahalla bankiri va yordamchi-agentlar faoliyati tartibga solinadi

12.02.2025
3 min

Markaziy bankda mahalla bankiri va yordamchi-agentlar faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda mahallalarga biriktirilgan 31 ta tijorat banki va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli faoliyatga jalb qilish, norasmiy mehnat bilan band bo‘lganlarni bank tizimiga olib kirish vazifalarini mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar bilan amalga oshirish mexanizmi va instrumentlari haqida so‘z yuritildi.

Xususan, 71 ta og‘ir toifadagi tumanlarda ishlarni yo‘lga qo‘yish va 60 ta ilg‘or tumanlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar, mahalla bankiri ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, muvofiqlashtirish va tartibga solish doirasida “Sayxunobod“, “Mahalla loyihasi“, “Parkent“ tajribasi, “Bir kontur – bir mahsulot“ tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish hamda “bank-kredit.uz“ platformasi orqali ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, biznesga birinchi qadam, tadbirkorlikni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturlari mazmun-mohiyati, yordamchi-agentlar bilan ishlash tizimi doirasida bank xizmatlarini ommalashtirish, hisobvaraq ochish kabi vazifalari hamda mahalla bankirlari va yordamchi agentlarni doimiy o‘qitish tizimi tushuntirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazilib, muhim takliflar bildirildi. Shuningdek, muhokamalar natijasida har bir ishtirokchiga tegishli ko‘rsatmalar berildi va kelgusidagi faoliyatlari yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilandi.

O‘zA

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.