Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB xodimlariga Mustaqillikning 35 yilligi esdalik nishonlari topshirildi

26.08.2026
2 min

«Biznesni rivojlantirish banki»da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bank tizimida samarali faoliyat yuritib, mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi va biznes subyektlariga zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.

Ushbu e’tirof jamoa uchun mas’uliyat bag‘ishlab, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi faoliyatni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, taqdirlangan xodimlar ko‘p yillik mehnati hamda kasbiy mahorati munosib e’tirof etilgani uchun minnatdorlik bildirishdi.


Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.