Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Kredit berish jarayonida yangi himoya mexanizmi joriy etildi

30.07.2025
2 min

O‘RQ-1043-sonli qonun bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Eng muhim yangiliklar:

Endi har bir jismoniy shaxs o‘z nomiga uning roziligisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish uchun kredit bitimini taqiqlash haqida ariza berishi mumkin.

Ariza:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (elektron),

Davlat xizmatlari markazlari,

Yoki kredit byurosiga murojaat qilish orqali (yozma yoki elektron) beriladi.

Yangi reyestr:

Ariza asosida fuqaro “Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri”ga kiritiladi. Bu reyestrni kredit byurolari yuritadi.

Banklar uchun javobgarlik:

Bank, mikromoliya tashkiloti yoki nobank kredit tashkiloti mazkur reyestrdan maʼlumot olmasdan fuqaro ishtirokisiz kredit bersa, o‘zi javobgar bo‘ladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.