Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Islom moliyasi bo‘yicha 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi – ISSF 2025

17.10.2025
5 min

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, shu vaqtga qadar mazkur forum Malayziyada tashkil etilgan. Ushbu forumning 20 yillik yubileyiga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tadbirning strategik hamkori sifatida uning xalqaro darajada yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minladi. Shuningdek, mamlakatdagi yetakchi tijorat banklari  va moliya tashkilotlari forumni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Forumning asosiy mavzusi islomiy moliyani rivojlantirish, ilg‘or amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, regulyatorlar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratilgan.

Forum doirasida islom moliya tizimiga o‘tish jarayoni, bank konversiyasida korporativ boshqaruv, moliyaviy mahsulotlar, huquqiy va me’yoriy qiyinchiliklar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari, masalalari muhokama qilindi.

Ushbu forum dunyo miqyosidagi yetakchi olimlar, mutaxassislar va regulyatorlarni birlashtirdi. Tadbir O‘zbekiston uchun islom moliyasi sohasida muhim qadam bo‘lib, tegishli huquqiy va me’yoriy asoslarni takomillashtirish, inson kapitali va institutsional salohiyatini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning islom moliyasida mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 — Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Malayziyaga tashrif davomida bevosita bu davlatning prezidenti bilan muloqotda Islom moliyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga Malayziya davlati katta qiziqish bildirgan, — deydi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abror Turdialiyev. — Ushbu forum ilk bor Malayziyadan tashqari hududda, ya’ni O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. Forumda xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda islom moliyasi bo‘yicha to‘siq bo‘ladigan asosiy muammolarga o‘z takliflarini bildirmoqda. Shuni alohida aytish joiz, forumda xalqaro ekspertlar O‘zbekiston islom moliyasiga tayyor ekanini qayd etishdi. Joriy yilning 16 sentyabr kuni O‘zbekistonda islom bankini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu nihoyatda muhim. Islom moliyasi bo‘yicha bu dastlabki qadamimiz. Bu qonunning qabul qilinishi aholi va tadbirkorlarimizga qo‘shimcha moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ayrim tadbirkorlarimiz bugungi kunda e’tiqod nuqtai nazaridan an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanmasligini bilamiz. Bu qonun ularga bank-moliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Qonun O‘zbekistonda islomiy banklar va islomiy «darcha»lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, «yashirin» iqtisodiyot ulushini kamaytirish, qolaversa mamlakatimizga islomiy bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. 

–Bugungi kunda butun jahon miqyosida islom moliyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortib boryapti, – deydi xalqaro ekspert Nizom Yakubiy. – Xususan, ayni paytda jahonda islom moliyasining jami aktivlari qariyb 4 trillion dollardan oshgan. O‘zbekistonda ham islomiy moliyaga bo‘lgan talab yuqori. Qariyb 38 million aholiga ega O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishning katta istiqboli bor, chunki aholining 90 foizi Islom diniga e’tiqod qiladi. Islomiy moliyaning jozibador jihatlari bu – tizimning shaffofligi va etikasi, kreditlash jarayonlarini taqiqlash hamda xatar va foydaning adolatli taqsimlanishi hisoblanadi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda islomiy moliya tizimining faoliyat yuritishiga imkon beruvchi qonunchilik ustida ish olib borilayotgan ekan. Sababi, islom moliyasi asosida inson qadr-qimmati va mulkining daxlsizligi yotadi. Bu tizimda kredit foizsiz bo‘ladi. Moliyaviy risklar adolatli taqsimlanadi. Bunday yondashuv har qanday dunyoviy mamlakatga moliyaviy inklyuzivlik beradi. Aynan moliyaviy inklyuzivlik bag‘ishlagani uchun ham islom moliyasi butun dunyoda kundan kunga rivojlanib bormoqda. Shuni mamnuniyat bilan ayta olaman:

manba UzA

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.