Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

"Biznesni rivojlantirish banki" School 21 ning birinchi hamkori boʻldi

09.08.2024
2 min

Bank IT texnologiyalar  sohasida mutaxassislar tayyorlanishini yaxshilash, sunʼiy intellekt, innovatsion mahsulot va raqamli ekotizimni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma rejalar kelishilib, oʻzaro hamkorlik  memorandumi imzolandi. 
Hamkorlik doirasida jamoaga iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish hamda  “Biznesni rivojlantirish banki” va “BRB-Tech” kompaniyasidagi xodimlarni School 21da  amaliyot oʻtashlarini tashkil etish rejalashtirildi. Shuningdek, kelishuv  xakatonlar va akseleratsiya dasturlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni ham oʻz ichiga oladi.

Bu oʻz navbatida bank tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan xizmat va mahsulotlarni raqamlashtirish  jozibadorligini oshirishda,  ekotizimni joriy etishda muhim bosqich boʻladi.

School 21 — loyiha axborot texnologiyalari sohasida jahon darajasidagi mutaxassislarni innovatsion ta'lim metodologiyasi bo'yicha tayyorlaydi. Metodologiyalarning asosi peer-to-peer ("teng") usuli yoki jamoaviy ta'lim hisoblanadi.


Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.