Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Hamkorlik: bolalar uchun raqamli ta’limiy o‘yinlar rivojlantirilmoqda

22.01.2026
2 min

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda bolalar uchun mo‘ljallangan raqamli ta’limiy o‘yinlarni yaratish bo‘yicha muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi — bolalar va o‘smirlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik, biznes yuritish va investitsiya jarayonlari haqida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni zamonaviy, interaktiv shaklda shakllantirishdan iborat.

Ushbu yo‘nalishdagi ilk loyiha — “Boy ota” nomli raqamli ta’limiy o‘yin hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar moliyaviy rejalashtirish, daromad va xarajatlarni boshqarish, jamg‘arma yaratish, investitsiya qilish kabi muhim tushunchalarni o‘yin jarayonida, sodda va tushunarli tarzda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hozirgi kunda loyiha doirasida o‘yinning texnik bazasi to‘liq shakllantirilgan bo‘lib, 3D modellashtirish va vizual dizayn ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Kelgusida o‘yinni yanada takomillashtirish, funksional imkoniyatlarini kengaytirish hamda uni keng omma, xususan, bolalar va ta’lim muassasalari uchun ommalashtirish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha davlat tashkilotlari va moliya institutlarining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etgan holda, yosh avlodning bilimli, moliyaviy jihatdan savodxon va tashabbuskor bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.