Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Fargʻonada bir kunda uchta bank xizmatlari markazi ochildi

06.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aholi va tadbirkorlik subyektlariga zamon talablariga mos, sifatli va qulay moliyaviy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirishni izchil davom ettirmoqda. Xususan, bugun Fargʻona viloyatining Beshariq, Bagʻdod hamda Buvayda tumanlarida bankning yangi Bank xizmatlari markazlari (BXM) tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

  • Yangi Bank xizmatlari markazlarining manzillari:

    • Beshariq tumani BXM: Fargʻona viloyati, Beshariq tumani, Buloqboshi MFY, Oltin vodiy koʻchasi, 128-uy.

    • Bagʻdod tumani BXM: Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani, Muqimiy MFY, Axillik koʻchasi, 2-uy.

    • Buvayda tumani BXM: Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, Obod hayot koʻchasi, 787-uy.

Yangidan barpo etilgan va zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlangan mazkur markazlar hududlardagi mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Markazlarda jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng turdagi bank amaliyotlari, jumladan:

Aholi uchun: qulay shartlardagi omonatlar, mikrozayom va kreditlarni rasmiylashtirish, xilma-xil toʻlovlar va xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;

Tadbirkorlar uchun: biznes loyihalarni va kichik tadbirkorlikni moliyalashtirish, hisobvaraqlar ochish va boshqa kompleks bank xizmatlaridan tezkor va toifalangan tarzda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Fargʻona viloyati aholisi va tadbirkorlarini yangi Bank xizmatlari markazlarida kutib olishdan va ularga muvaffaqiyatli rivojlanish yoʻlida ishonchli moliyaviy hamkor boʻlishdan mamnundir.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.