Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

BRB Zakovat: Namanganda aql va doʻstlik bayrami

15.06.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari o‘rtasida “BRB Zakovat” intellektual o‘yinlarining 3-bosqichi Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda respublikamizning barcha hududlaridan saralangan bilimli, zukko va tashabbuskor bank xodimlari ishtirok etdi. Intellektual musobaqa doirasida ishtirokchilar o‘zlarining bilim va tafakkur salohiyatini namoyish etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamjihatlik borasida kuch sinashdi.

O‘yinni mashhur intellektual loyiha — “Zakovat” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev olib bordi.

64-Xalqaro Gullar festivali doirasida ilk bor tashkil etilgan ushbu intellektual musobaqa festival dasturiga yangi mazmun va ruh bag‘ishladi. Bu nafaqat estetik go‘zallik, balki aql va tafakkur charxlanishining ramziga aylandi.

“BRB Zakovat” loyihasi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom raqobat muhiti yaratish va do‘stona korporativ madaniyatni shakllantirish uchun xizmat qilmoqda.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.