Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

"BRB Yosh Iqtidorlari Klubi" g‘oliblari aniqlandi

03.04.2025
2 min

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-aprel kuni "Biznesni rivojlantirish banki"ning kelajak liderlarini aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "BRB Yosh Iqtidorlari Klubi" loyihasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda klub ishtirokchilari o‘zlarining eng yaxshi loyihalarini taqdim etdilar. Har bir guruh innovatsion g‘oyalari, noyob yondashuvlari va ijodiy yechimlari bilan ajralib turdi.

Qizg‘in bahslar va munozaralarga boy bo‘lgan final bosqichida hakamlar hayʼati eng munosib loyihalarni aniqladi. Shunday qilib, g‘olib guruhlar quyidagicha taqsimlandi:

• 1-o‘rin – "Kelajak yoshlari"

• 2-o‘rin – “Kapital”

• 3-o‘rin – "Millat umidi"

G‘olib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ammo eng katta mukofot hali oldinda! Har bir g‘olib jamoa aʼzosi bank tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladi. Ular yetakchi xalqaro universitetlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, bankka va yurtimizga yangi g‘oyalar va tajribalar olib keladilar.

Ushbu tanlov nafaqat iqtidorli yoshlarni kashf etdi, balki ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. "Biznesni rivojlantirish banki" yoshlarning orzulari ushalishiga, ularning jamiyatga foyda keltiradigan yetuk mutaxassislar bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishdan mamnun!

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.