Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“BRB Do‘stlari” klubining navbatdagi muloqoti o‘tkazildi!

27.12.2024
2 min

Yangi 2025-yil arafasida Biznesni rivojlantirish banki do‘stlari yana bir davrada. BRB do‘stlari loyihasi doirasida jam bo‘lgan bu davrada hech kim bir-biriga begona emas.

Har yili o‘tkazilib kelinadigan mazkur pozitiv va ijodiy tadbir bankning jamoatchilik bilan doimiy muloqot platformasi hisoblanadi.

Unda bank faoliyatiga oid axborotlar bilan o‘rtoqlashiladi, ishtirokchi mehmonlarning taklif va tavsiyalari bankning istiqbol rejalariga kiritiladi.

Samimiy, quvnoq va albatta, Yangi yil kayfiyati hukmron bo‘lgan bu galgi uchrashuv ham har doimgidek rasmiy mulozamatlarsiz erkin va ijodiy formatda o‘tdi.

Bank rahbariyati, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tgan tadbirda 2024-yilgi faoliyat natijalari va yangi loyihalar haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu ochiq muloqot maydonida bank faoliyati va uni takomillashtirish, mijozlar uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratishga oid fikr-mulohazalar muhokama qilindi.

Bularning barchasi “Inson qadri va manfaati uchun!”

Bank axborot xizmati!

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.