Bank Boshqaruvi raisi Fargʻona vodiysida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev Fargʻona vodiysida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlarda ishtirok etdi. Bunday tadbirlar Andijon, Namangan va Margʻilon shaharlarida tashkil etildi.
Uchrashuvlarda Savdo-sanoat palatasi, Kadastr agentligi va mahalliy hokimiyat organlari vakillari bilan birgalikda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalarga ijobiy yechimlar berildi.
Muloqotlarda asosiy eʼtibor yangi ish oʻrinlari yaratishga doir biznes loyihalarini moliyalashtirish, bank kreditlaridan maqsadli foydalanish, tijorat yer uchastkalarini rasmiylashtirish va kadastr hujjatlari bilan bogʻliq masalalarga qaratildi.
Bankimiz rahbari “Biznesni rivojlantirish banki” davlatimiz rahbarining qarori bilan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki etib belgilanganini taʼkidlab, bank har bir hududning oʻziga xos imkoniyatlaridan kelib chiqib tadbirkorlarni moliyaviy va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarning aksariyati shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi. Masalan, “Sayxunobod” tajribasi doirasida Namangan viloyati mahallalarida 8 ta mikroloyiha uchun 450 mln soʻm kredit ajratiladigan boʻldi. Buning natijasida 16 nafar aholi daromadini oshirish taʼminlanadi.
Fargʻona vodiysida oʻtgan muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar hamda gʻoyalar asosida loyihalar tayyorlab, amaliyotga joriy etish boʻyicha aniq va manzilli choralar koʻrish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida mutaxassislar tomonidan bank mahsulotlari va ulardan foydalanish shartlari boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.